07/20/2026
«O‘zbekiston kelajagi» stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinadi
Oxirgi muddat: 2026-yil 1-avgust
Oxus Society for Central Asian Affairs tashkiloti tadqiqotchilarni 10 oylik stipendiya dasturida ishtirok etishga taklif qiladi. Dastur O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy imkoniyatlar hamda muammolarni siyosatga yo‘naltirilgan hamkorlikdagi tadqiqotlar orqali o‘rganishga qaratilgan. «O‘zbekiston kelajagi» dasturi akademiklar, faollar va davlat siyosati sohasidagi mutaxassislarni davlat sektorini isloh qilish, shaffoflikni kuchaytirish va institutlarning javobgarligini oshirishga hissa qo‘shish uchun zarur vositalar bilan ta’minlash orqali O‘zbekistonda fuqarolik hayotida faol ishtirok etuvchi yangi avlod fikr yetakchilarini shakllantirishni maqsad qilgan.
Dastur davomida ishtirokchilar siyosat mavzusi auditoriyasi uchun matn yozish, maʼlumotlarni vizuallashtirish, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va ommaviy kommunikatsiya kabi mavzular bo‘yicha oltita onlayn treyningda qatnashadilar. Shuningdek, ular Toshkent shahrida o’tkaziladigan ikkita seminarda ishtirok etadilar. Har bir stipendiant guruhdagi boshqa ishtirokchilar bilan hamkorlikda quyidagi oltita mavzudan biri boʻyicha tahliliy hujjat tayyorlaydi:
+ Ta'lim
+ Adliya va qonun ustuvorligi
+ Raqamlashtirish va sun'iy intellekt
+ Ommaviy axborot vositalari rivoji va mediasavodxonlik
+ Inklyuziv iqtisodiy o'sish
+ Investitsiya va boshqaruv
Ushbu siyosat xulosalari Oxus Society ko‘magida tayyorlanadi va tashkilot veb-saytida e’lon qilinadi. Har bir guruh, shuningdek, qisqa maqola tayyorlaydi hamda o‘z xulosalarini jamoatchilikka taqdim etadi. Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga sarflagan vaqti mukofoti sifatida kichik gonorar to‘lanadi.
Dastur o'zbek tilida olib boriladi.
Ariza talablari:
+ PhD (shu jumladan, PhD talabalari) yoki yuqorida ko'rsatilgan sohalarning kamida bittasida tadqiqot olib borish yoki professional faoliyat yuritish bo'yicha kamida o'n yillik professional tajribaga ega bo’lsih;
+ O'zbek tilini mukammal bilish;
+ O'zbekiston fuqaroligi yoki O’zbekistonda yashash ruxsatnomasiga ega bo’lish.
Ariza topshirish uchun rezyume (o‘zbek va/yoki ingliz/rus tillarida) hamda motivatsion xatni (o‘zbek tilida, 2 sahifadan oshmagan holda) 2026-yil 1-avgustgacha [email protected] elektron manziliga yuboring.