07/20/2025
Uchko‘priklik Otabek Axmadjonov futbol bo‘yicha DXX kubogi musobaqasining "Eng yaxshi o‘yinchisiʼʼ deya eʼtirof etildi.
Axmadjonov Otabek Abbosjon o‘g‘li- Uchko‘prik tumani Paloxon mahallasi futbolchisi, 16 yosh, 10-raqam sohibi.
Ampulasi chap qanot hujumchisi
Farg‘ona viloyati bo‘yicha o‘tkazilgan DXX kubogi musobaqalarida o‘zining individual mahorati va harakatlari, hamda olisdan urgan chiroyli gollari bilan muhlis-u mutaxassislar nazariga tushgan Otabek musobaqa kashfiyoti sifatida "ENG YAXSHI O‘YINCHI" deb topildi.
Otabekka maxsus diplom hamda statuetkani viloyat hokimi Hayrullo Bozarov, Viloyat DXX boshqarmasi boshlig‘i, viloyat prokurori va IIB boshlig‘i hamda O‘zbekiston iftixori, futbolchi-Odil Axmedovlar topshirdi.
Kelajakda Otabekni o‘zi orzu qilgandek professional futbolchi sifatida turli yosh darajalaridagi (U-17, U-19, U-20,) hamda olimpiya va milliy terma jamoalarimiz safida mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda ko‘tarishiga tilakdoshmiz.
https://t.me/Uchkuprikliklar_va_yoshlar