08/31/2025
Ikboljon Sobirov — Oksford universiteti doktoranti va Caristo Diagnostics ilmiy tadqiqotchi bo‘lib, sun’iy intellekt va yurak-qon tomir tibbiyotini bogʻlagan holda izlanish olib boradi.
Uning tadqiqotlari tibbiy tasvirlar va RNK ma’lumotlaridan foydalanib, yurak xastaliklarini oldindan aniqlash va oldini olishga xizmat qiluvchi yangi biomarkerlarni yaratishga qaratilgan.
U bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarini to‘liq stipendiyalar asosida oʻqishga sazovor boʻlgan. Uning maqsadi — ilg‘or sun’iy intellekt yondashuvlarini amaliy vositalarga aylantirib, yurak xastaliklarini davolash va oldini olish tizimlarini yaxshilashdir.