Mahalla USA

Mahalla USA Follow us on Instagram:
Telegram channel: https://t.me/mahallausa

Aziz vatandoshlar,Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Ushb...
09/01/2024

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu qutlug’ k***a yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik, fayzu baraka tilab qolamiz!

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
Mahalla USA jamoasi

* * * * * * * * * * * * * * * *
Dear compatriots,

We sincerely congratulate you on the Independence Day of Uzbekistan!

May peace in our country continue to flourish and harmony, happiness and mutual understanding always reign at your home.

We wish you good health, prosperity and stability to you and your loved ones!

Best regards,
“Mahalla USA” team

Aziz futbolsevar vatandoshlar, barchangizni 20 va 21 Aprel kunlari, Nashville shahrida futbol bo’yicha o’tkaziladigan an...
04/18/2024

Aziz futbolsevar vatandoshlar,
barchangizni 20 va 21 Aprel kunlari, Nashville shahrida futbol bo’yicha o’tkaziladigan an’anaviy shtatlararo 4- Navro’z Kubogi turnirida kutib qolamiz.

02/06/2024
01/29/2024

"Mahalla USA" O’zbek-Amerika jamiyati qoshidagi "ZiyoArt" o’quv markazidan xushxabar!

Uch yarım yil davomida faoliyat ko’rsatib kelayotgan markaz zamonaviy jihozlangan, umumiy maydoni 5000 sq.ft. , 10 xonadan iborat bo’lgan yangi binoda o’z faoliyatini davom ettirmoqchi.

Markaz faoliyati kengayganligi munosabati bilan quyidagi yo’nalishlarda o’qituvchi-murabbiylarni ochiq tanlov asosida ishga taklif qilinadi.

Vakant yo’nalishlar:

1. Shaxmat to’garagi murabbiyi;
2. Math Regents & SAT sinovlariga tayyorlash bo’yicha matematika fani mutaxassisi;
3. O’zbek tili va adabiyoti mutaxassisi;
4. “Pazandalik sirlari” to’garagi uchun voyaga yetayotgan qizlarga milliy va yevropa taomlari, salatlar, smoothie, shirinlik va pishiriqlar tayyorlash bo’yicha usta murabbiylar;
5. ‘Mohir qo’llar’ to’garagi uchun tikish-bichish, to’qish, kashtachilik bo’yicha murabbiylar.

Tanlovning asosiy talablari:

- O’zbek va ingliz tillarida erkin muloqot;
- Kamida 3 yillik o’qitish tajribasi;
- O’z yo’nalishida professional bilim va tajriba;
- Tegishli mutaxassislik yo’nalishida kasbiy tajribasini ko’rsatuvchi ruxsatnoma, sertifikat va boshqalar;
- AQShda bo'lish.

Munosib ish haqi to’lanadi.

Talabgorlardan rezyumelarini [email protected] manziliga yuborishlarini so’raymiz.

Murojaat uchun telefon: 1 (718) 737-4664, 1 (516) 951-9151

Manzil: 8778 Bay Parkway, Brooklyn, NY , 11214

10/22/2023

21 Oktyabr - O’zbek tili bayrami Mahalla USA qoshidagi ZiyoArt o’quv markazi o’quvchilari ishtirokida katta tantana bilan nishonlandi.
State Senator Iwen Chu

“Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bogʻliq” , Abdulla Avloniy Aziz va muhtaram ustozlar...
10/01/2023

“Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga bogʻliq” ,
Abdulla Avloniy

Aziz va muhtaram ustozlar, shu jumladan, Mahalla USA qoshidagi “ZiyoArt” O’quv markazining qadrli o’qituvchilari, barchangizni ulug’ ayyom, 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Olijanob, sharafli va mashaqqatli faoliyatingizda kuch-g’ayrat, ulkan yutuqlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik , fayzu baraka tilaymiz.

Eng ezgu tilaklarimiz bilan,

Mahalla USA tashkiloti jamoasi

09/30/2023

Abdumalik Ahmedov Nyu-Yorkdagi o'zbeklarni birlashtirgan Mahalla USA tashkilotini boshqaradi. 18-sentabr kuni O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev Amerikad...

09/19/2023

Mahalla USA tashabbusi bilan O’zbekistonning Nyu Yorkdagi Bosh Konsulxonasi hamda “ Vatandoshlar” jamiyati hamkorligida O’zbekiston Mustaqilligining 32 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan “Mustaqillik Kubogi-2023” hamda Bayram sayli haqida O’zbekiston 24 telekanali tayyorlagan reportaj.

Aziz vatandoshlar,Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Ushb...
09/02/2023

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Ushbu qutlug’ k***a yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga farovonlik, fayzu baraka tilab qolamiz!

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
Mahalla USA jamoasi

Address

16 Av O
Brooklyn, NY

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Mahalla USA posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Mahalla USA:

Share