Turkiyadagi o'zbek talabalar / Türkiye'deki Özbek Öğrenciler

Turkiyadagi o'zbek talabalar / Türkiye'deki Özbek Öğrenciler TURKIYADAGI O'ZBEK TALABALAR
TÜRKİYE'DEKİ ÖZBEK ÖĞRENCİLER
UZBEK STUDENTS IN TURKEY

Oʻzbekiston - Turkiya taʼlim sohasi hamkorligida yangi sahifa ochildiJoriy yilning 29-yanvar kuni Istanbul shahrida tash...
30/01/2026

Oʻzbekiston - Turkiya taʼlim sohasi hamkorligida yangi sahifa ochildi

Joriy yilning 29-yanvar kuni Istanbul shahrida tashkil etilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasi umumtaʼlim maktabi qurilishiga "tamal toshi qoʻyish" marosimi o'tkazildi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an videokonferensiya orqali ishtirok etdilar. Mazkur dargoh Oʻzbekistonning xorijdagi birinchi taʼlim muassasasi boʻladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova, Turkiya Milliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Bilal Majit, Istanbul voliysi Davut Gul, AK Partiya Istanbul viloyat rahbari Abdulloh O'zdemir, shuningdek ko‘plab turk va o‘zbekistonlik vakillar ishtirok etdilar.
Shuningdek, Turkiya Milliy ta’lim vaziri Yusuf Tekin hamda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E'zoza Karimova tomonidan ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkam huquqiy asosini belgilaydigan “Ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim” imzolandi. Ushbu bitim nafaqat fizik infratuzilma va investitsiyalarni, balki ta’lim texnologiyalari, o‘quv dasturlarini rivojlantirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, pedagogik tajriba almashuvi hamda qo‘shma loyihalarni ham o‘z ichiga oladi.

Ona yurtdan ota yurt sari: Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari loyihasining Turkiya bosqichi (2-qism)“Ona yurtdan ot...
09/11/2025

Ona yurtdan ota yurt sari: Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari loyihasining Turkiya bosqichi (2-qism)

“Ona yurtdan ota yurt sari: Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari” yoshlar almashinuv dasturi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi dasturining 3–4-kunlari davomida Konya shahrida bir qator faoliyatlarda ishtirok etdi.

Kunning birinchi yarmida rasmiy uchrashuvlar tashkil etilib, delegatsiya a’zolari Konya viloyati Yoshlar va sport boshqarmasi rahbari bilan muloqot o‘tkazishdi. Uchrashuvda yoshlar siyosati, ko‘ngillilik harakatlari va ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Konya shahrining ramziga aylangan Mavlono Jaloliddin Rumiy ziyoratgohi va muzeyiga tashrif buyurildi. Shuningdek, Konya shahar markazidagi diqqatga sazovor joylar bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi. Ishtirokchilar shahar madaniyati, tarixiy merosi, milliy va mahalliy taomlari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Oqshomda esa Ajdodlar bog‘i va qadimiy Sille shaharchasi bo‘ylab ekskursiyalar davom ettirildi.

Konya tashrifining ikkinchi kuni

Tashrifning ikkinchi kuni ham rasmiy uchrashuvlar bilan boshlandi. Dastur doirasida ishtirokchilar Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi, shuningdek, Konya shahar hokimiyati huzuridagi yoshlar markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Jumladan, Karatay Gençlik Markazida amalga oshirilayotgan loyihalar va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar katta qiziqish bilan kuzatildi. Bu markaz yoshlarning ijtimoiy, madaniy, intellektual va sport sohalarida rivojlanishiga hissa qo‘shib kelmoqda.

Shuningdek, yoshlarning intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi Kapsül texnologiya platformasi, SİA Big Data Hub (Ijtimoiy innovatsiyalar agentligi), Atmosfer Yoshlar Markazi, Ali Ulvi Kurucu Yoshlar Markazi va Mehmet Ali Buğdaycı Yoshlar Markazi kabi muassasalarning faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.

Ona yurtdan ota yurt sari: "Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari" loyihasining Turkiya bosqichiOna yurtdan ota yurt s...
09/11/2025

Ona yurtdan ota yurt sari: "Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari" loyihasining Turkiya bosqichi

Ona yurtdan ota yurt sari: "Turk dunyosida ko‘ngillilik ko‘priklari” yoshlar almashinuv dasturining Turkiya bosqichi o‘z faoliyatini Turkiya Respublikasi Yoshlar va sport vazirligida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimi bilan boshladi. Dastur doirasida ishtirokchilar Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) binosiga tashrif buyurishdi. Majlis qoshidagi kutubxona delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Turkiya Respublikasi Prezident Administratsiyasiga qarashli Millat kutubxonasi, Millat jome masjidi, 15 iyul xotira maydoni hamda Prezident administratsiyasi majmuasi bo‘ylab tashriflar amalga oshirildi.
Dasturining ikkinchi kunida esa Anqara shahridagi Anıtkabir majmuasi (Mustafo Kamol Otaturk maqbarasi) hamda Hoji Bayram Valiy ziyoratgohi bo‘ylab sayohatlar tashkil etildi. Anqaradagi tashrif yakunida ishtirokchilar Nevshehir viloyatining Avanos, Ürgüp, Göreme va Uchhisar kabi diqqatga sazovor turistik maskanlariga borishdi.
Mazkur loyiha doirasida Turkiya va O‘zbekiston yoshlarining o‘zaro almashinuv dasturlari asosida rasmiy uchrashuvlar, madaniy sayohatlar, tarixiy obidalar va muhim maskanlarga tashriflar, shuningdek sohaviy ekskursiyalar va yoshlar uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ushbu tashabbus Turk dunyosi yoshlarini birlashtirish, o‘zaro hamjihatlikva madaniy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, ko‘ngillilik ko‘priklari turk dunyosining birligi, barqaror taraqqiyoti va kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega. Bu ko‘priklar nafaqat madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki insonlar qalbida mehr, birdamlik va do‘stlik tuyg‘ularini ham kuchaytiradi.

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi jamoasi tomonidan O'zbekiston Istanbul Bosh konsulxonas...
24/03/2025

O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi jamoasi tomonidan O'zbekiston Istanbul Bosh konsulxonasi hamkorligida 21-mart juma kuni TUGVA Markaziy binosida Turkiyaning turli universitetlarida tahsil ko'rayotgan talaba yoshlarimizga "O'zbekiston yoshlari iftor dasturi" tashkillashtirdik.

14/12/2024

⚡️ Yoshlar Forumi - Türkiye 2024 uchun tayyormisiz?

"Turkiyadagi o’zbek yoshlari uchun ajoyib fursat!"

🌟 O‘zbekiston Yoshlari Forumi – Türkiye 2024 sizlarni kutmoqda!

🇺🇿 Ilmiy tadqiqotlaringiz, innovatsiyon g'oyalaringiz yoki ijtimoiy masalalar yechimi uchun takliflaringiz bormi?

Unday bo'lsa bu forum siz uchun. Zero ⚡️forum:
🤝 Birlik va hamkorlik uchun maydon!
💡Innovatsion g‘oyalar va ijodiy ishlar uchun imkoniyat!
🌍 Global miqyosda o‘z o‘rningizni topish uchun platforma!

📚 Ilmiy tadqiqotlar,startup va ijodiy loyihalar, ijtimoiy muammolar, barqaror rivojlanish va freelance ish imkoniyatlari haqida maxsus sessiyalar,
🎤 Mashhur mehmonlar, motivatsion spikerlar va networking imkoniyatlari sizni kutmoqda.
Va albatta, o‘zbek milliy taomlari va madaniyatimiz namunalari bilan bahramand bo’lasiz!

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va kelajak sari birinchi qadamni biz bilan tashlang!

📝 Tafsilotlar va ro‘yxatdan o‘tish uchun HAVOLA

Keling, o‘z imkoniyatlarimizni kengaytiraylik va birgalikda kelajakka intilaylik!

📅 Sana: 21. 12. 2024
📍 Manzil: İstanbul Gelişim Üniversitesi



t.me/turkiyadagiyoshlar

⚡️   📣📣📣✊ Turkiyadagi aziz vatandoshlar va qadrli yoshlar,  “O'zbekiston yoshlari forumi — Türkiye” sizlarni kutmoqda✅ T...
11/12/2024

⚡️ 📣📣📣
✊ Turkiyadagi aziz vatandoshlar va qadrli yoshlar, “O'zbekiston yoshlari forumi — Türkiye” sizlarni kutmoqda

✅ Tadbir, Turkiyadagi o'zbekistonlik yoshlarimiz tomonidan Yoshlar ishlari agentligi hamda Oʼzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi hamkorligida
21-dekabr Shanba kuni
Istanbul shahrida
O‘zbekiston Yoshlar Forumi – Türkiye forumi
“BIZNING FURSAT! BIZNING HARAKAT! BIZNING KELAJAK!” shiori ostida oʼtkaziladi.

🔷 Sizni bir-biridan qiziqarli loyihalar, tanlovlar, aksiyalar va taqdimotlar kutmoqda, shuningdek, iqtidorli yoshlarni izlab topish va kadrlar zahirasini yaratish maqsadida vazirlar va yoshlar uchrashuvlari hamda turli koʼrgazmalar namoyish etiladi.
Forum doirasida oʻzbekistonlik yoshlarimizning sahna chiqishlari oʻrin olgan.

✅Hoziroq murojaat qiling. Biz sizni kutamiz!

👉 Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/y1F6BK5dQ2KELtUC6

📱 abone bo’ling: t.me/turkiyadagiyoshlar

 O'ZBEKISTON YOSHLARI FORUMI - TÜRKİYE
09/12/2024


O'ZBEKISTON YOSHLARI FORUMI - TÜRKİYE

Address

Istanbul

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Turkiyadagi o'zbek talabalar / Türkiye'deki Özbek Öğrenciler posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Organization

Send a message to Turkiyadagi o'zbek talabalar / Türkiye'deki Özbek Öğrenciler:

Share

TURKIYADAGI O’ZBEK TALABALAR

Turkiya oliygohlarida tahsil ko’rayotgan vatandoshlarimiz