UYAJ /一般社団法人在日ウズベキスタン人青年協会

アクセス ウェブサイト その団体に問い合わせる

UYAJ /一般社団法人在日ウズベキスタン人青年協会 Yaponiyadagi O’zbekiston Yoshlari Assotsiatsiyasi在日ウズベキスタン青年協会Uzbekistan Youth Association in Japan

Tokyo Asset Solution Co., Ltd. kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi loyihasi uchun Biznes rivojlantirish mutaxassis...
2026/08/14

Tokyo Asset Solution Co., Ltd. kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi loyihasi uchun Biznes rivojlantirish mutaxassisini ishga taklif qilmoqda.

📍 Ish joyi: Tokio, Toranomon
💼 Ish shakli: Doimiy ish, to‘liq stavka
💰 Maosh: Oyiga 300,000–400,000 yen
✈️ O‘zbekistonga xizmat safarlari mavjud va kelajakda O'zbekistondagi Yapon kompaniyasini boshqarish darajasigacha chiqish mumkin.

Asosiy talablar:
・JLPT N1 va undan yuqori
・Rus va ingliz tillarini business darajasida bilish
• 28 yosh va undan katta
• Yaponiya kompaniyasida ish tajribasiga ega
• Yaponiyada ishlash va Markaziy Osiyo bilan bog‘liq yangi biznesni rivojlantirishga qiziqish
・Ko'chmas mulk sohasiga qiziqish
・Yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganishga qiziqish
・Yapon jamoasi bilan bitta jamoa bo'lib ishlash

📩 Qiziqqan nomzodlar 履歴書, 職務経歴書, CV(Yapon tilida) va ish tajribasi haqida ma’lumotni quyidagi manzilga yuborishlari mumkin:

[email protected]

Yaponiyada orttirgan tajribangizni Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi yangi bizneslarni rivojlantirishda qo‘llash uchun yaxshi imkoniyat!
Ariza berish muddati: 19-Avgust

🇯🇵 Yaponiyada o'qiyotgan yoki ishlayotgan vatandoshlar diqqatiga!🇺🇿 O'zbekistonga qaytib, Yaponiyaning nufuzli kompaniya...
2026/07/25

🇯🇵 Yaponiyada o'qiyotgan yoki ishlayotgan vatandoshlar diqqatiga!
🇺🇿 O'zbekistonga qaytib, Yaponiyaning nufuzli kompaniyasida ishlashni xohlaysizmi?

Yaponiyaning yetakchi qurilish kompaniyalaridan biri — DAIWA HOUSE 2027-yil aprel oyidan boshlab O'zbekistonda BPO ofisini ochishni rejalashtirmoqda.

Shu munosabat bilan, Yaponiyada ta'lim olayotgan va ishlayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun so'rovnoma hamda maxsus seminar tashkil etilmoqda.

Kimlar mos keladi?

✅ O'zbekistonga qaytib, Yapon kompaniyasida ishlashga qiziqayotganlar.

✅ Yaponiyadagi kollej yoki universitetni 2027-yil mart oyida bitirishni reja qilayotganlar.

✅ Yapon kompaniyasida 5 yildan oz muddat ishlayotganlar.

Agar javobingiz "Ha" bo'lsa, iltimos, quyidagi so'rovnomani to'ldiring.

📝 So'rovnoma

📅 Javob berish muddati: 2026-yil 17-avgust

🔗 So'rovnoma:
https://forms.gle/f5Y6xNffgnq1374x6

📢 DAIWA HOUSE seminari

Seminarda kompaniya, O'zbekistonda ochilishi rejalashtirilayotgan BPO ofisi, ish faoliyati, pullik amaliyot dasturi va ishga qabul jarayoni haqida batafsil ma'lumot beriladi. O'z savollaringizga ham bevosita javob olishingiz mumkin.

📅 Sana: 21-avgust

🕖 Vaqt: 19:00

📍 Joy: Halal Sakura restorani

🗺 Google Maps:
https://share.google/LOglUM58vY5FdeQpT

⚠️ Seminarda ishtirok etish uchun avvalo so'rovnomani to'ldirishingiz so'raladi.

Yaponiyada orttirgan tajribangizni O'zbekistonda davom ettirishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Barchangizni kutib qolamiz!

Buni qarangki, bir hafta ichida ikki vatandoshimiz Yaponiyaning Top yangilik sahifalarida chiqishlar qilib o'zlarini tad...
2026/07/01

Buni qarangki, bir hafta ichida ikki vatandoshimiz Yaponiyaning Top yangilik sahifalarida chiqishlar qilib o'zlarini tadbirkorlik bilimlari bilan bo'lishishmoqda. Bu gal Nikkei Asia gazetasiga vatandoshimiz Shahboz Xayrulloev intervyu beribdilar.

https://asia.nikkei.com/spotlight/immigration/japan-wants-more-startups.-its-new-visa-rules-say-otherwise

Shahboz ayni vaqtda Logistical kompaniyaning direktori.
Yaponiyada logistika sohasida zamonaviy texnologiyalar asosida yapon bozoriga kirgan.
https://logistical.jp/about

Ha aytgancha Shahboz bilan tanish bo'lmasangiz quyidagi intervyuda u bilan yaqinroq tanishishingiz mumkin:
https://youtu.be/StZzELVs38g?si=UucwYYfs6gMg36ul

Vatandoshimiz Aktamov Farrux Yaponiyaning mashhur 令和の虎ko'rsatuviga chiqib o'z loyihasi haqida taqdimot qildi. Videoni ko...
2026/07/01

Vatandoshimiz Aktamov Farrux Yaponiyaning mashhur 令和の虎ko'rsatuviga chiqib o'z loyihasi haqida taqdimot qildi.
Videoni ko'rib O'zbekiston kelajagi buyukliga yana birmarta amin bo'lasan kishi:

★志願や出演のご相談はこちら事業アイデアの相談や、出演を迷っている段階でのお問い合わせも大歓迎です!【本家】https://s.l...

2026/05/20
Yaponiyada bo'lib turganlar diqqatiga. KEI Advance (Kawai-juku guruhi) O'zbekiston loyihasi uchun Marketing & Tarjimon i...
2026/05/13

Yaponiyada bo'lib turganlar diqqatiga.

KEI Advance (Kawai-juku guruhi) O'zbekiston loyihasi uchun Marketing & Tarjimon intern izlamoqda!

✅ O'zbek (ona tili) + Yapon N2+ + Ingliz tili
✅ Soatiga 1,250–1,500 ¥
✅ Haftasiga 3 kun, Kojimachi (Tokyo)
✅ Sinov muddatidan keyin doimiy ish o'rni imkoniyati

🏫 Toshkentdagi NGEA — yapon ta'limini O'zbekistonga olib kelayotgan startap!

Talabalar, magistrlar va bitiruvchilar uchun. Yaponiya legal bo'lib turish shart.
CV yoki 履歴書 : [email protected] yuboring.

2026/04/05

Assalomu alaykum.

Nagoya universiteti PhD talabasi Ulug'bek Abduraxmanov O'zbek talabalarining Yaponiyaga migratsiyasining ijtimoiy va huquqiy jihatlari mavzusida tadqiqot ishi olib boryapti.

Shu munosabat bilan, tadqiqotchi Sizlardan ikkita narsani iltimos qilib so'rayapti:
1) Tadqiqot doirasida 2016-2026-yillar davomida Yaponiyada o'qigan va hozir ham oqiyotgan talabalar o'rtasida so'rovnoma o'tkazish nazarda tutilgan.

Shu so'rovnomada ishtirok etsangizlar juda minnatdor bo'lardik. https://ee.kobotoolbox.org/x/i6tjeIhb

2) Tadqiqot doirasida o'zbek talabalarining Yaponiyaga kelishi bilan bevosita shug'ullanadigan shaxslar bo'lsa, ular tadqiqotchi bilan bog'lanishlarini iltimos qilib qolardik.

Tadqiqotchining telegram ID si: va elektron pochtasi: [email protected]

Tadqiqotchi Yaponiyaning quyidagi hududlarida bo'ladi:
6-10 aprel' - Nagoya
11-15 aprel' - Tokyo
15-17 aprel' - Osaka
18-26 aprel' - Nagoya.

Tadqiqot ishiga hissa qo'shmoqchi bo'lgan barcha hamyurtlarimizga minnatdorlik bildiramiz.

Queued records, except those marked as draft , are uploaded automatically, in the background, every 5 minutes when the web page is open and an Internet connection is available.

Kyoto Ilg'or Texnik Universitetiga oxirgi qabul jarayoni boshlandi. Yaponiyada aniq fanlarni o'qimoqchimisiz? KUAS O'zbe...
2026/02/06

Kyoto Ilg'or Texnik Universitetiga oxirgi qabul jarayoni boshlandi. Yaponiyada aniq fanlarni o'qimoqchimisiz?
KUAS O'zbekistondan talabalar qabul qilishga tayyor.
This is the final application period for September 2026 enrollment.

Kindly review the schedule below and share this information with your students.

[Undergraduate Programs]
February 2nd, 2026 – March 6th , 2026
-ENGINEERING
-BIOENVIRONMENTAL SCIENCES
-GLOBAL BUSINESS AND ECONOMICS
Apply now: https://www.kuas.ac.jp/en/admission/

https://www.youtube.com/watch?v=gB1FiXcrFHQ

■Important links
-How to Apply KUAS
-Application Guidelines
-Get to know about KUAS (Introduction about KUAS)

This introductory video provides an overview of Kyoto University of Advanced Science (KUAS) and our international programs.For more information on KUAS inter...

住所

〒108-0074
Tokyo Minato-ku
港区高輪2-1/52

ウェブサイト

アラート

UYAJ /一般社団法人在日ウズベキスタン人青年協会が新しいニュースやキャンペーンを投稿したら、いち早くメールでお知らせします。メールアドレスが他の目的に使われることはなく、いつでも配信を停止できます。

その団体に問い合わせる

UYAJ /一般社団法人在日ウズベキスタン人青年協会にメッセージを送信:

ショートカット

共有する

カテゴリー